Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning beshta samolyoti Rossiya chegaralari yaqinida birdaniga razvedka olib bordi
14 iyulda AQShning birdaniga beshta harbiy samolyoti Rossiya chegaralari yaqinida ko‘p soatlik parvozlar amalga oshirdi. Bundan parvozlarni monitoring qiluvchi g‘arb axborot resurslari ma'lumotlari darak bermoqda.
Foto: Wikipedia
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShning raqib kuchlari joylashuvi haqidagi axborotni yig‘ish va aviatsiya zarbalarini boshqarish vazifalarini bajaruvchi razvedka samolyoti E-8C Joint STARS Estoniya havo hududida Rossiyaning Leningrad va Pskov oblastlari chegarasi yaqinida parvoz qilgan. Samolyot AQShning Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasidan havoga ko‘tarilgan.
AQSh armiyasining yana ikkita radioelektron razvedka samolyoti Beechcraft RC-12X Guardrail Litvaning Shyaulyay shahridagi bazadan havoga ko‘tarilib, Litva havo hududida Kaliningrad oblastining shimoliy qismi bo‘ylab parvozlarni bajargan.
Keyinroq AQSh armiyasining yana bir samolyoti Bombardier Challenger 650 ARTEMIS Kaliningrad oblastidan shimolda Litva osmonida 5 soat davomida topshiriq bajargan. Samolyot Ruminiyaning Konstansa shahri yaqinidagi aeroportdan uchgan.
Bundan tashqari, Qora dengizda AQSh harbiy-havo kuchlarining strategik razvedka samolyoti RC-135V Rossiya chegaralari yaqinida ko‘p soatlik parvozni amalga oshirgan. U Krasnodar o‘lkasi sohillari va Qrim janubi bo‘ylab uchib, so‘ngra 5 soatdan ko‘proq vaqt davomida yarimorolning janubi-g‘arbiy qismi yaqinida uchib yurgan.
Bundan tashqari, 14 iyulda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining kemalarga qarshi P-8A Poseidon samolyoti Suriyada Rossiya harbiy-dengiz floti moddiy-texnik ta'minot bazasi va Hmaymim aviabazasi joylashgan hudud ustida uchib yurgan.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
19:31 / 25.12.2025
Moskvaga hozircha migrantlar kerak – mer Sobyanin
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
16:02 / 25.12.2025