Andijon viloyatining Asaka tumani Axtaçi sanoat zonasidagi «SING LIDA» MÇJga qaraşli sement zavodi atrof-muhitga katta zarar yetkazayotgani mavzusi sönggi tört yil mobaynida ommaviy axbort vositalarida köp bor kötarib çiqildi.

Biroq sement zavodiga tanqidlar, ekologiya qömitasi tekşiruvlari ta'sir qilmadi. Axtaçi sement zavodining tik quvurlaridan oldin qanday burqsib çang kötarilayotgan bölsa hozir ham şunday çiqib turibdi.

2013 yilda iş boşlagan bu zavodda dastlab trubalardan hozirgidek öta katta miqdorda tutun çiqmas edi. Mamlakatda jadal quriliş işlari boşlangaç, zavodning işlab çiqariş quvvati oşib, tutuni falakni tutdi. 2015-2016 yillardan atrofdagi aholi va boşqa tadbirkorlar uşbu xavotirli holat böyiça turli taşkilotlarga murojaat qila boşlaşadi.

Asaka tomon ötsangiz, uşbu zavod hudud atmosferani bulğab, atrof-muhitga juda katta zarar yetkazayotganiga guvoh bölasiz.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza davlat qömitasi tomonidan ötgan 2020 yil 12-21 fevral kunlari Andijon viloyati Asaka tumanida joylaşgan uşbu sement zavodi faoliyatida tabiatni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalanişga oid qonun va me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablari ijrosining ta'minlanişi yuzasidan tekşiriş ötkazilgan.

Tekşirişlar davomida Özbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida» va «Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunlari talablari buzilgani aniqlangan.

Korxona rahbariyatiga aniqlangan kamçiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etiş, atrof-muhitga taşlanadigan ifloslantiruvçi moddalarni kamaytiriş maqsadida jamiyat balansida mavjud bölgan, bugungi kunda ekologik talablarga javob bermaydigan holatda işlab turgan klinker tayyorlaş peçi va sement tayyorlaş tegirmoni uskunalarining faoliyati vaqtinça töxtatiş va bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilgani e'lon qilingan.

2019 yili zavod Xöjaobod tumani hududiga köçirilişi e'lon qilingan va Imom ota qişloğida quriliş boşlangani haqida xabarlar berilgan edi.