Çimboy tumanida «Xan» jome masjidi foydalanişga topşirildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, masjid 1000 nafar odamga möljallangan. Şuningdek, Taxtaköpir tumanida Ayimbet Eşon masjidi ham qurib bitkazildi. Masjidda bugun birinçi marta Juma namozi öqiladi.

Şu bilan birga, Nukus tumanidagi "Qirantav" OFY hududida «Imamatdin Eşon» masjidi yangidan bunyod etilmoqda. Masjid 700 namozxonga möljallangan. Quriliş işlari «Şörtanbay» mahallasi ahli va mahalliy homiylar mablağlari evaziga boşlangan. Hozirda masjidga ğişt teriş işlari olib borilmoqda. «Imamatdin Eşon» masjidining avvalgi binosi 120 öringa möljallangan edi.


Eslatib ötamiz, bundan oldin Nukus şahrining «Samanbay» MFY hududida 120 nafar namozxonga möljallangan masjid qurilayotgani haqida xabar bergandik.















