Yashnobodda fuqaroni chet elda o‘qiyotgani haqida soxta hujjat tayyorlab berishni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, departament hamda DXXning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T. I. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qirg‘iz Respublikasi O‘sh davlat universiteti 1-kursini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o‘qishini Toshkent tibbiyot Akademiyasiga ko‘chirtirib berish evaziga 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.















