MOQ matbuot xizmati xabariga köra, oçiliş marosimida afsonaviy gimnastikaçi Oksana Çusovitina va boksçi Bobo-Usmon Baturov Özbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bölişadi. Qayd etiş joiz, Oksana Çusovitina yozgi Olimpiya öyinlarida bayroqdor bölgan dastlabki ayol atletimiz sifatida tarixdan joy olmoqda.
«Oksana Çusovitina Barselona-1992 Olimpiya öyinlari çempioni, uç karra jahon çempioni, Osiyo öyinlari ğolibi, qatorasiga yettita yozgi Olimpiya öyinlarida iştirok etgan yer yuzidagi yagona ayol gimnastikaçi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Demak, Tokiodagi oçiliş marosimda özining sakkizinçi Olimpiadasiga tayyorgarlik körayotgan, allaqaçon dunyo gimnastikasi afsonasiga aylangan hamyurtimiz, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi, «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni egasi Oksana Çusovitina mamlakatimiz sport delegatsiyasini hur diyorimiz bayroğini sarbaland kötargan holda XXXII yozgi Olimpiya öyinlarining boş arenasiga boşlab tuşadi. Unga esa boks böyiça Osiyo çempioni, Osiyo öyinlari ğolibi, jahon çempionati sovrindori, «Kelajak bunyodkori» medali sohibi Bobo-Usmon Baturov hamrohlik qiladi», - deyiladi Özbekiston milliy olimpiya qömitasi xabarida.
Ma'lumot uçun, oçiliş marosimining ssenariysiga köra, barça davlatlardan 1 nafardan erkak va ayol sportçilar bayroqdor bölib çiqişadi. Bu Xalqaro Olimpiya qömitasi tomonidan tarğib qilinayotgan gender tenglik siyosatining amalda tatbiq etilişidir.
Eslatib ötamiz, XXXII yozgi Olimpiya öyinlarining tantanali oçiliş marosimi 23 iyul kuni Toşkent vaqti bilan soat 16:00da Tokiodagi «Olimpiya» stadionida boşlanadi.


















