Buxoro şahrida işga joylaştirişini aytib pul olgan mansabdor qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Qurilişda muhandislik qidiruvlari geoaxborot va şaharsozlik kadastri loyiha ilmiy tekşiriş davlat instituti «ÖZGAŞKLITI» DUK Buxoro viloyati filiali direktori örinbosari, Qoraköl tumani Darğali mahallasida yaşovçi, 1960 yilda tuğilgan G.A. uşlangan.

Qayd etilişiça, G.A. öz xizmat mavqeyidan foydalanib, özga bir fuqaroni aldab, uning 500 AQŞ dollari evaziga «ÖZGAŞKLITI» DUK Buxoro viloyati filialiga işga qabul qilinişida yordam berişini aytib, 400 dollar olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.