Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjat «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq hamda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Belgilanishicha, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar haqidagi xabarlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (maxsus vakolatli davlat organi) avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yordamida taqdim etiladi, davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno. Tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan xabarga uni yuborish uchun asos bo‘lgan ma'lumot va hujjatlar ilova qilinadi.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilar hisoblanadi:















