Özbekistonda yoz oylariga kelib bolalar orasida koronavirusga çaliniş holatlari sezilarli darajada oşdi. Bu haqda Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi pediatri Feruza Sobirova ma'lum qildi.

“Oldingi yoz mavsumida kattalar orasida koronavirusga çaliniş köpaygan bölsa, bu yil yozda esa bolalar orasida bu kasalga çaliniş köpayganini körsatmoqda. Buni koronavirus bemorlarini davolaş uçun ixtisoslaştirilgan şifoxonalar faoliyatidan biliş mumkin.

Jumladan, bizning markazimizda ham COVID-19 bilan oğrigan bolalar uçun 250ta örin taşkil qilindi va bu yerga davolaniş uçun murojaatlar kelib tuşyapti”, – dedi u.

Mutaxassisga köra, bolalarda COVID-19 belgilari oddiy ötkir respirator kasalliklar bilan deyarli bir xil keçadi. Koronavirusga çalingan 80 foiz bolalarda tana harorati kötariladi, 40-50 foizida yötal, holsizlik, iştahasizlik, muşaklar oğriği, köngil aynib qayt qiliş, iç buzilişi kabilar kuzatiladi.

Bunday vaziyatda ularni kasalxonaga yotqizişda boladagi yondoş xastaliklar hisobga olinadi.

“Bolada immunitet tanqisligi, tuğma yurak nuqsonlari, jigar, buyrak, öpka xastaliklari, surunkali kasalliklar, autoimmun kasalliklar, kimyoterapiya oladigan holatlar mavjud bölsa, bolani kasalxonaga yotqiziş tavsiya qilinadi”, – dedi Feruza Sobirova.

Pediatrga köra, koronavirusga çalingan bolalarning 80 foizida kasallik yengil va örta oğir darajada ötyapti.

“Kattalarga nisbatan bolalarda bu jarayon yengilroq ötişi aniqlangan bölsa-da, farzandining salomatligidan xavotirga tuşgan ota-onalar ularda isitma kuzatilsa, tezda kasalxonaga yotqizişga şoşilişadi. Biroq bu holatlarda aksariyat bemor bolalarni uyda davolab, parvariş qiliş mumkin.

Bola xastalanganda birinçi qilinadigan iş – oilaviy şifokorga uçraşib, undan kerakli tavsiyalarni oliş kerak. Bunday holatda nomutaxassis odamlardan yoki ijtimoiy tarmoqda öqigan ma'lumotlarga qarab keraksiz va notöğri muolajalar qöllamasdan pediatrga uçraşiş kerak. Şifokor koronavirusga çalingan bolalarni davolaş protokoli asosida bolaning ahvoli qay darajada ekanini baholaydi: yengil, örta, örta oğir va oğir deb.

Koronavirusga çalingan bolada tana harorati 38 darajadan yuqori bölmasa, harakatçan, yugurib yursa uning holati yengil va örta oğir deb baholanadi”, – deydi u.