Özbekiston suziş federatsiyasi boş kotibi Alişer Ğaniyev işdan olingan. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi rasmiy saytida bayonot paydo böldi. Unda aytilişiça, Ğaniyev vaqtinça öz lavozimidan çetlaştirilgan.

Quyida MOQning bayonoti aynan keltiriladi.

«Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi faoliyati davomida doimo olimpizmning ezgu ğoyalari va sportdagi halol raqobatni tarğib qilib kelgan. Barça milliy federatsiyalarni hamişa anti-doping va boşqa qoidalarga qat'iy rioya etişga, xalqaro musobaqalarni ötkazişda örnatilgan tartiblarga böysunişga va ularni hurmat qilişga çaqirgan.

Turizm va sport vazirligining taqvim rejasidan örin olgan, Xalqaro suziş federatsiyasi (FINA) şafeligida ötkazilgan suziş böyiça lisenzion Özbekiston oçiq çempionatida yuz bergan vaziyat katta muhokamalarga sabab bölmoqda. MOQ uşbu holatga öz pozitsiyasini quyidagiça bayon etadi:

Özbekiston suziş federatsiyasining xabar berişiça, musobaqa yakunlanganidan keyin 2021 yilning 21 aprel sanasida unda iştirok etgan hindistonlik sportçi Likit Selvaraş Prema turnir davomida nohaqlikka yöl qöyilgani, mahalliy sportçilarning vaqtlari notöğri körsatilgani haqidagi videomurojaatini YouTube ijtimoiy tarmoğiga joylaydi.

Qayd etiş joiz, lisenzion Özbekiston oçiq çempionatlariga MOQ rahbariyati doimiy taşrif buyurib turgan, tezkor ştab vakili Mirsardor Alimov ham musobaqani muntazam kuzatib borgan. Musobaqadan söng şu yerning özida kiçik yiğiliş taşkil etib, tayyorgarlik jarayonini yanada kuçaytiriş, maşğulotlar sifatini oşiriş böyiça mutasaddilarga tegişli körsatmalar berilgan.

Turnir yakunlangaç, Özbekiston suziş federatsiyasi musobaqalar protokolini MOQga taqdim qilgan va unda 5 nafar atletimizning Tokio-2020 normativini bajargani körsatib ötilgan. Taqdim etilgan protokollarda belgilangan qoidalarning buzilişi, şu jumladan, keyinçalik hindistonlik suzuvçi tomonidan qayd etilgan voqea haqida ma'lum qilinmagan. Şuningdek, biror xorijiy delegatsiya tomonidan, jumladan, Hindiston jamoasi tomonidan mazkur lisenzion turnir böyiça şikoyat tuşmagan.

Özbekiston suziş federatsiyasining ma'lumotiga köra, FINA uşbu turnirlarda qayd etilgan natijalarni tan olmadi. Özbekiston suziş federatsiyasi boş kotibi Alişer Ğaniyevning sözlariga köra, FINA bu böyiça Toşkentga rasmiy xat jönatmagan. Biroq Özbekiston suziş federatsiyasi bir neça bor FINAga taqdim etilgan ma'lumotlarga aniqlik kiritiş uçun xabar yöllagan va hatto bu masala böyiça Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilgan. Yakunda esa xalqaro taşkilot yöllagan «Universal Place» asosida faqatgina 2 nafar hamyurtimiz – Xurşidjon Tursunov va Natalya Kritinina Tokio-2020 öyinlariga yöllanma olişdi.