Moliya vazirligi tomonidan prezidentning “Auditorlarni sertifikatlaştiriş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi işlab çiqildi.
Loyihaning asosiy maqsadi - 1 avgustdan Moliya vazirligining auditorning malaka sertifikatini beriş, qayta rasmiylaştiriş, uning amal qiliş muddatini uzaytiriş va uning amal qilişini tugatiş, auditorlarning malakasini oşiriş dasturlarini tasdiqlaş funksiyalarini auditorlarning jamoat birlaşmalariga ötkaziş.
Auditorlarni sertifikatlaştiriş rivojlangan mamlakatlarning ilğor tajribalari, auditor malaka sertifikatini oliş uçun malaka imtihonlarining şaffofligini ta'minlaş, şuningdek xalqaro taşkilotlar bilan yaqin hamkorlik va özaro aloqalarni örnatiş asosida amalga oşiriladi.
Qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
- “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari böyiça pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan ötgan öquv markazlarida auditning xalqaro standartlari böyiça öqitiş;
- buxgalterlarning xalqaro sertifikatiga ega abituriyentlarni oliy ta'limning “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta'lim yönalişiga, talabalarni esa “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” magistratura mutaxassisliklariga kiriş imtihonlarini topşirmasdan qabul qiliş;
- Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi buxgalteriya ta'limi xalqaro standartlari böyiça Kengaş tomonidan çop etilgan xalqaro ta'lim standartlarini Özbekiston hududida qöllaş uçun tan oliş.
Bugungi kunda auditorning malaka sertifikatini oliş uçun malaka imtihonlarini ötkaziş, auditorning malaka sertifikatini beriş, qayta rasmiylaştiriş, uning amal qiliş muddatini uzaytiriş va uning amal qilişini tugatiş, auditorlarning malakasini oşiriş dasturlarini tasdiqlaş Moliya vazirligining funksiyalari hisoblanadi.

















