Sayyorada pandemiya boshidan buyon koronavirusga chalinish holatlari soni 192 mln.dan oshdi. Rasmiy hisoblarga ko‘ra, shu vaqtgacha virusdan 4 mln 115 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Qo‘llangan vaksinalar - qariyb 3,7 mlrd doza, Yer shari aholisining milliarddan ortiq aholisi to‘liq emlab bo‘lingan. BBC so‘nggi koronaxabarlarni taqdim etdi.

Hindiston - besh milliongacha ortiqcha o‘limlar
Amerikalik va hindistonlik olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Hindistonda pandemiya vaqtidagi ortiqcha o‘limlar soni besh millionni tashkil etishi mumkin, bu esa ushbu mamlakatda kovid tufayli qayd etilgan o‘limlar sonidan o‘n barobar ko‘proq.

Hindistonda 400 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llandi, bu esa 1,4 mlrd kishilik aholini vaksinatsiya qilish jarayonida yaxshi ko‘rsatkich emas, shu vaqtgacha hindlarning 6,3 foizigina to‘liq emlangan / HINDUSTAN TIMES/GETTY

Vashington global taraqqiyot bo‘yicha analitik markazi muqaddam Hindiston hukumatida bosh iqtisodiy maslahatchi bo‘lib ishlagan Arvinda Subramanyana ishtirokidagi tadqiqotda pandemiya boshidan shu yilning iyuniga qadar Hindistonda o‘lim holatlari soni «tinch» yillardagiga nisbatan 3,4 - 4,9 mln.taga ko‘p bo‘lganini aniqlagan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, Hindistonda 415 ming kishi koronavirusdan vafot etgan, ammo juda ko‘plab mutaxassislar va mahalliy matbuot hukumat shunchaki kovid o‘limlarini qayd etishga ulgurmay qolganini, ayniqsa yuz millionlab hindlar yashaydigan qishloq hududlarda buning imkoni bo‘lmaganini yozishgan.

Shu bilan birga, hisobot mualliflari millionlab ortiqcha o‘limlarning barchasini to‘g‘ridan to‘g‘ri koronavirus bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmasligi - shunchaki bunday ma'lumot yo‘qligini aytishgan.

Pandemiyaning kuchli to‘lqini kuzatilgan may oyida Hindistonda rasmiy statistika bo‘yicha 170 ming kishi koronavirus qurboni bo‘lgan; krematoriyalar va jasadlarni yoqish maydonlari jasadlar oqimiga dosh bera olmagan va Ganga daryosida suzib yurgan yuzlab jasadlar aniqlangandi.

Yevropada 50 million kasallanish