Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining e'tibori ularga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan hamda o‘zlarining birinchi rahbarlari tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka, sansalorlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga qaratilishi aytilgan.
Belgilanishicha, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgardir hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etilmoqda:
- davlat boshqaruvi organlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi;
- har yili ijro intizomining ahvoli yuzasidan baho berishni nazarda tutgan holda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati ko‘rsatkichlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
- davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishini baholashning asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari statistik va idoraviy hisobotlar hamda tahliliy ma'lumotlar asosida tizimli monitoring qilinadi;
- monitoring natijalari asosida rahbarlar o‘rinbosarlarining faoliyati tanqidiy tahlil asosida tegishli davlat boshqaruv organlari kollegial organi va xo‘jalik birlashmalarining kuzatuv kengashlarida hamda Vazirlar Mahkamasida har chorak yakuni bo‘yicha muhokama qilib boriladi;
- baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida har bir rahbar o‘rinbosari faoliyatiga baho berish orqali ularga rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.
Belgilanishicha, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi doirasida:















