Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Roma» Shomurodovni safiga qo‘shib olmoqchi. Uning transferi 15 mln yevroga baholanmoqda
«Jyenoa»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov «Roma»ning jiddiy qiziqishlari doirasida qolmoqda.

Il Tempo nashri ma'lumotiga ko‘ra, 26 yoshli forvard transferiga rimliklar klubi bosh direktori Tiagu Pintu shaxsan qiziqish bildirmoqda. «Jyenoa» bilan bu transfer borasida aloqalar o‘rnatilgan, futbolchining transferi taxminan 15 mln yevroga baholanmoqda. Kelishuvga futbolchining keyingi transferidan ulush bo‘yicha band ham qo‘shilishi ko‘zda tutilmoqda.
Futbolchi keyinroq sotib olish sharti bilan ijaraga olinishi ham mumkin. Shuningdek, «Roma» transferga Pedroni qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, ispaniyalik futbolchi klubning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalaridan o‘rin olmagan.
Agar «Roma» «Jyenoa»ga rasman taklif yuborsa, Shomurodov bunga qarshi bo‘lmasligi aytilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi o‘tgan mavsumda A Seriyaning 31 o‘yinida ishtirok etib, 8 gol urgan va bir golga uzatma bergan. Lekin u o‘yinlarning 16tasidagina boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan.
Avvalroq «Jyenoa» bosh murabbiyi Davide Ballardini rahbariyatga 26 yoshli futbolchini sotishni taqiqlagani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi

18:38 / 06.07.2025
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?

15:05 / 28.06.2025
Qanday xabarlarga ishonish, qandaylariga ishonmaslik kerak? – futboldagi transferlar haqida

18:58 / 21.06.2025