Surxondaryoda haydovchiga noto‘g‘ri bayonnoma tuzgan YPX xodimiga chora ko‘rildi

Foto: KUN.UZ
Surxondaryoda haydovchiga noto‘g‘ri bayonnoma tuzgan YPX xodimiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB tomonidan e'lon qilingan munosabatda ma'lum qilingan.
Munosabatda yozilishicha, joriy yil 5 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryoda YPX inspektori haydovchiga noto‘g‘ri bayonnoma rasmiylashtirdi» sarlavhali videomaterial tarqalgan. Unda keltirilishicha, YPX inspektori tomonidan davlat raqami 75 T 380 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumli mashina haydovchisi M.Sh.ga nisbatan MJtKning 125-moddasi 3-qismi bilan «tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlanish» deb bayonnoma rasmiylashtirgani jamoatchilik o‘rtasida ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘lgan. Shu sababli, viloyat IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Xizmat tekshiruviga ko‘ra, «Jiguli» haydovchisi M.Sh.ga nisbatan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnoma MJtKning 271-moddasi 1-qismiga binoan ma'muriy ish harakatdan tugatilgan. Shuningdek, YPX xodimi «Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga asosan ish tutmagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqarolar o‘rtasida IIO xodimlariga bo‘lgan ishonchsizlik hissi kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi, bu harakati natijasida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab e'tirozlar yuzaga kelganligi uchun, Surxondaryo viloyat IIB YHXB YPX otryadi 2-safarbar guruh YPX inspektori kichik serjant S.U.ga nisbatan «Hayfsan» intizomiy jazosi e'lon qilingan.
«Bu kabi salbiy holatlar kelgusida takroran sodir bo‘lmasligi maqsadida YHXB rahbariyati tomonidan barcha mas'ul xodimlar ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, shaxsiy tarkib xodimlarining bilim-saviyasini oshirish uchun qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi», deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
Mavzuga oid

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

09:32 / 15.03.2025