O‘zbekiston | 10:05 / 23.07.2021
1668
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xorijdagi o‘qishni Samarqanddagi oliygohga ko‘chirtirib berishini aytib, fuqarodan pul olgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqaroning xorijdagi o‘qishini Samarqand davlat tibbiyot institutiga ko‘chirtirib berishini aytib, fuqarodan pul olgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.T. qo‘lga olingan. U fuqaro Sh.ga Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik o‘qishini tanishlari orqali Samarqand davlat tibbiyot institutiga ko‘chirtirib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid