Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z xodimlarining emlanishini yetarlicha ta'minlagan oshxona, kafe, restoranlarga cheklangan muddatdan tashqari ishlashlariga ruxsat berilishi mumkin.

“Bu degani, agar kafe-restoranlarning jamoasi to‘liq emlangan bo‘lsa, unda ushbu muassasalar ishini soat 20:00dan keyin ham biroz muddatga uzaytirish mumkin bo‘ladi”, dedi Botir Qurbonov.

Ma'lumot uchun, umumiy ovqatlanish obektlari 28 iyundan buyon soat 08:00dan 20:00gacha faoliyat yuritmoqda.

20 iyuldan boshlab, umumiy ovqatlanish obektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00dan 23:00gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishga ruxsat berildi.