“Olimpiadada boshqa ishtirok etmayman, Tokiodan keyin faoliyatimni yakunlayman. Men hozirgi yuklama bilan to‘qqizta Olimpiadaga hech kim bardosh bera olmasligini aniq bilaman. Faoliyatimni tobora og‘ir bo‘layotgani sababli yakunlamoqdaman. Ma'nan, jismonan va texnik jihatdan tayyorman, biroq ko‘zim xiralashib bormoqda”, deb aytgan sportchi. U faoliyati uchun ko‘zida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani, biroq bu uning sport natijalariga ta'sir ko‘rsatmaganini ta'kidlab o‘tgan. “Biroq hayotda hamma narsani ravshan ko‘raman”, deb qo‘shimcha qilgan Salukvadze.
Sportchi keyingi Olimpiadada murabbiy sifatida ishtirok etishi mumkinligini aytgan.
Nino Salukvadze Olimpiadalardagi ishtirokini 1988 yilda Seulda boshlagan va shundan beri birorta Olimpiadani o‘tkazib yubormagan. U 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida o‘g‘li Tsotne bilan birga ishtirok etgan. Bu tarixda ona va o‘g‘il bir Olimpiadada ishtirok etgan birinchi hodisa hisoblanadi.

















