“Özkomnazorat” TikTok, Twitter va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari hamda Skype messenjeridan taşqari, Wechat ijtimoiy tarmoğiga nisbatan ham çeklovlar joriy qilgan.

Şaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestridan ma'lum bölişiça, beşala platformaga nisbatan çeklovlar bir kun – 2 iyulda joriy etilgan. Şu kuni ularga taqdimnoma ham yuborilgan.

Eslatib ötamiz, rasmiy Toşkent ijtimoiy tarmoqlar va internet-servislardan Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma'lumotlarni jismonan Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlaşni talab qilmoqda.

Bunday talab qöyilişiga 16 apreldan kuçga kirgan yangi qonun asos sifatida keltirilyapti.

Jamoatçilik faollari bu qonunga nisbatan tanqidiy munosabat bildirib kelmoqda.

Tarmoqlarga çeklov qöyilişi ortidan mamlakatda VPN servislardan foydalaniş kölami sezilarli ortgan. Buning ortidan yuzaga keladigan ehtimoliy xavflar masalasida mas'ullar sukut saqlamoqda.

Şu oyda BMT Inson huquqlari kengaşi internetga nomaqbul çeklovlar qöyilişini qoralab, rezolyutsiya qabul qildi.

“Inson huquqlari böyiça xalqaro qonunçilikni buzuvçi, xususan fuqarolarning internetda axborot izlaş, oliş va tarqatiş huquqlariga daxl qiluvçi, şuningdek, internetni yopib qöyiş va onlayn senzura kabi çoralarni şubhasiz qoralaymiz; barça davlatlarni bu kabi xatti-harakatlardan tiyilişga va bu kabi xatti-harakatlarni töxtatişga çorlaymiz”, – deya qayd etilgan rezolyutsiyada.

BMT çaqiriğiga köra, hukumatlar internet bilan boğliq turli salbiy holatlarning oldini olişda inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlarini nazardan qoçirmasliklari kerak; internetga kiriş oçiq, işonçli va xavfsiz bölişi lozim.