Jamiyat | 15:18 / 18.07.2021
26264
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Yana xorijliklarsiz. Pandemiyaning ikkinchi yilidagi haj

Saudiya Arabistonida haj boshlandi. Bu yili Makka shahriga 60 ming ziyoratchi tashrif buyurishi mumkin, ammo faqatgina podshohlik fuqarolari va shu mamlakatda yashovchilargagina ruxsat berilgan, pandemiya tufayli qatorasiga ikkinchi yilda ham xorijliklar hajga kela olishmaydi. Ziyoratchilar soni 18 yoshdan 65 yoshgacha chegaralangan va ularning barchasi koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi kerak.

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus tarqalishi xavfi tufayli faqat podshohlikda istiqomat qiluvchi ko‘pi bilan 60 ming kishiga haj ziyoratini amalga oshirish uchun ruxsat bergan. 

Saudiya Arabistoni Haj va Umra masalalari vazirligi islomning muqaddas ziyoratgohlariga 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalinmagan va koronavirusga qarshi to‘liq emlangan musulmonlargina tashrif buyurishi mumkin bo‘lishini bildirgan.

Podshohlik xuddi o‘tgan yildagi kabi chet ellik ziyoratchilarni qabul qilmaydi.

Haj ziyorati boshlanishidan oldin Kaba atrofidagi farroshlar ishlamoqda

Yolg‘iz ziyoratchi soyabon ostida muqaddas joy tomon ketmoqda

Bu yil Haj ziyorati 17–22 iyul kunlari amalga oshiriladi.

Foto: Amr Nabil / AP

Saudiya Arabistoni 2020 yil oktabr oyidan boshlab mamlakatda yashovchi aholisi uchun Umra ziyoratini amalga oshirish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilgan, o‘sha oy o‘rtalarida mamlakat hukumati yetti oy ichida birinchi marta Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qilishiga ruxsat bergandi.

2019 yilda pandemiyadan avval Makkaga 2,5 mln kishi tashrif buyurgandi.

 2019 yildagi ko‘rinish

Mavzuga oid