Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 27 iyundan boşlab Toşkent şahrida çuqurlaştirilgan tibbiy davolanişda bölib turibdi.
Hokimlik matbuot xizmati xabariga köra, Bozorov sekvestrlangan bel umurtqa çurrasi diagnozi bilan bel sohasida kiçik jarrohlik amaliyotini ötkazgan. U hozirda statsionar şaroitda reabilitatsiya jarayonini ötkazmoqda, işlarni masofadan onlayn tarzda muvofiqlaştirib bormoqda.
“Yaqin kunlarda viloyat hokimi odatiy iş faoliyatiga qaytişini ma'lum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi bilan boğliq tarqalayotgan miş-mişlarga işonmasligingizni söraymiz. Yolğon axborot tarqatganlik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjud ekanini eslatib ötamiz”, – deyiladi Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyevning axborotida.
Qayd etiş kerakki, Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bir oydan ortiq davrdan beri jamoatçilik köriniş bermadi. Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlarda hokim tadbirkordan 400 ming dollar pora olayotgan vaqtida qölga tuşgani, şu sababli ham körinmay qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

















