Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Olmaliq konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar işlab çiqarişni kengaytiriş borasidagi işlar bilan tanişiş, şuningdek, «Yoşlik-1» konini özlaştiriş loyihasi doirasidagi yangi quvvat — 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişiga tamal toşini qöyiş maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida böldi.

Davlat rahbari kombinatga taşrifi davomida toğ-kon sanoati texnikasini közdan keçirdi, «Belaz» samosvali rulida ötirib, mazkur avtomobil haydovçisi bilan suhbatlaşdi. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov telegramdagi kanalida suratlar bilan bölişdi.

Avvalroq, Surxondaryoga taşrif davomida prezident Angor tumanidagi «Angor Surxon ğururi» klasterida bölib, ğalla va ğöza rivojini közdan keçirgan, ğalla öriş kombaynini haydab körgani xabar qilingandi.

Prezident 2017 yili Yunusoboddagi yangi yöl oçilişida Malibu avtomobilini haydagan edi.