Muhammadkarim Xurramov dastlabki bosqiçda irlandiyalik Benjamin Fletçerga qarşi kuraşdi. Unda Muhammadkarim vazari bahosi bilan ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga yöl oldi.

1/8 finalda Xurramov yaponiyalik Aron Volfga qarşi tatamiga çiqdi. Ammo jahon çempioni hisoblangan yaponiyalik sportçi ippon bahosi bilan özbekistonlik sportçini yengdi va Xurramov yakkalik bahslaridagi iştirokini yakunladi.

Endilikda dzyudo jamoasida bir vakil qoldi - +100 kg vazn toifasi vakili Bekmurod Oltiboyev 30 iyul kuni möğulistonlik Durenbayar Ulzibayarga qarşi kuraş bilan öz iştirokini boşlaydi.