Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaro profilaktika inspektorining ikki yordamçisi kaltaklaganidan keyin vafot etdi. Boş prokuratura va Senat holat böyiça jinoyat işi oçilib, gumondorlar qamoqqa olinganini xabar qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda, marhum Hasan Xuşmatovning xotini ekani aytilayotgan ayol eri vafot etganda qanday holatda bölganini aytib berganini köriş mumkin.

Ayolning aytişiça, avvaliga unga erini körsatişmagan, uni körganida esa tanasida kökargan va ezilgan joylar borligiga guvoh bölgan. “Hayvonlarça urişgan, odam bolasi unday urmaydi”, deydi u.

Boş prokuraturaga köra, Denov tumani IIB xodimlari oilaviy janjalni tinçitiş uçun Hasan Xuşmatovning uyiga borgan. Uni bölimga olib ketişda profilaktika inspektorining ikki yordamçisi yölda urib, tan jarohati yetkazişgan. Oqibatda fuqaro tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.

Xuşmatovning xotiniga köra, voqea avvalida eri va uning örtasida raşk sababli janjal kelib çiqqan, janjal davomida qaynotasi va qayin akasi kelib, ularni tinçlantirişga urinişgan. Şundan söng er ham, ayol ham işga ketgan. Ayol işdaligida qayncinglisi unga qönğiroq qilib, erini içki işlar xodimlari qöliga kişan solib olib ketişganini aytgan.

“Men militsiyaxonaga çopdim. Erimni körsatişmadi. “Nega olib keldilaring, katta janjal bölgani yöq-ku?” dedim. Uçastkavoy ruxsat bersa körasan, deyişdi. Uçastkavoy Meliqul akaga telefon qildim, zor yiğladim. U: “Sen aralaşma, işing bölmasin, ering nadzorda turadi”, deb telefonni öçirib qöydi.

Men keçgaça IIB binosi oldida ötirib, keçki payt uyga ketdim. Ertasi kuni işdaligimda qaynsinglim telefon qilib, erim kasalxonadaligini aytdi. Qölimda bolam bilan uçib yetib bordim. Borsam, erim bir ahvolda...

Hayvonlarça urgan uni. Tanasining öng tomoni ezilgan, boşi yorilgan, lablari şişgan. Erkaklik joylarigaça yorib taşlagan. Odam ham şunçalik vahşiylik qiladimi? Ikkita bolam bilan qayerga boraman?” – deydi u.

Ayol 29 iyul kuni tarqalgan videosida aybdorlarga “18 kundan beri heç kim çora körmayotgani”ni aytgan. Rasmiy axborotda esa ikki gumondor Xuşvaqtov vafot etganining ertasiga, 12 iyul kuni qamoqqa olingani aytiladi.