BMT Boş Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi “Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e'lon qiliş töğrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oşiriş çoralari töğrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Qarorga köra, Nukus şahrida “Yoş olimlar akademiyasi” hamda yoş olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça Yoşlar texnoparki taşkil etiladi.
Qayd etilişiça, Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida ösimliklar uruğlari genbanki bilan ta'minlangan laboratoriya, biznes-akselerator öquv markazi oçiladi.
Şu bilan birga yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan ösimlik va hayvonot dunyosi obektlari elektron xaritalanib, ma'lumotlar bazasi yaratiladi.
Şaxslarni yuzi böyiça aniqlaş texnologiyasi joriy etiladi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom içimlik şör suvni tuzsizlantiriş texnologiyasi işlab çiqiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, ğalla, kunjut, makkajöxori va çorva ozuqasi ekinlarini suğorişda yomğirlatib suğoriş tizimi joriy etiladi.
Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib (oziq-ovqat, qişloq xöjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkaziş böyiça logistika xizmati yölga qöyiladi.
Şuningdek, şörlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlaş maqsadida oliy ta'lim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi taşkil etiladi.
















