Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi davlat dasturining 2021 yil birinçi yarim yilligi ijrosi böyiça Vazirlar Mahkamasi hisoboti eşitildi. Boş vazir örinbosari Behzod Musayev birinçi yarim yillik hisobotini öqib eşittirdi.

Hukumat hisobotida xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini oşiriş böyiça ta'sirçan çora-tadbirlar amalga oşirilgani, 90 foiz maktablarga optik tolali internet tarmoği yetkazilayotgani aytildi.

«Respublikaning 90 foiz umumta'lim maktablariga yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmoği yetkazilmoqda hamda 2550ta ta'lim muassasasi içki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalari bilan ta'minlandi.

Oliy ta'lim bilan qamrovni oşiriş maqsadida prezident qarori qabul qilindi. 2021-2022 öquv yilidan boşlab OTMlarga ajratiladigan davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari 25 foizga oşirildi. Raqamlarga töxtaladigan bölsak, ötgan yili jami qabul körsatkiçi 150 bölsa, joriy yil 180 ming rejalaştirilmoqda», dedi Boş vazir örinbosari Behzod Musayev.

Respublikadagi barça maktablar optik tolali internet bilan ta'minlanişi bugun paydo bölgan gap emas. Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov oktabr oyida Moskvada bölib ötgan «Oçiq innovatsiyalar-2019» forumida 2020 yil oxirigaça mamlakatdagi barça maktablar, maktabgaça ta'lim muassasalari va tibbiyot muassasalari optik tolali internet bilan qamrab olinişini aytgandi.

Bundan taşqari, prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 11 may kuni bölib ötgan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirişga bağişlangan yiğilişda AKT vaziri Şuhrat Sodiqov telekommunikatsiyalar qurilişi va kengaytirilişi hisobiga 2020 yil oxirigaça 11,3 mingta ijtimoiy obekt, jumladan, maktabgaça ta'lim va soğliqni saqlaş muassasalarining 100 foizi, maktablarning 70 foizi optik tolali internetga ulanişini ma'lum qilgan. Biroq amalda bu sözlarning ijrosi ta'minlanmadi. 2020 yilda uşbu reja 70 foizga bajarilib, yana 1600ta maktabni internetlaştiriş 2021 yilga qoldirilgan edi.