Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida elektron savdo orqali yer olib berişini aytib, fuqaroning pulini özlaştirgan şaxsga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Oltinsoy tumani Gulobod mahallasida yaşovçi Ş.Jahongir tuman IIBga murojaat qilgan. U öz murojaatida 2020 yil 15 dekabr kuni Termiz şahar At-Termiziy köçasida yaşovçi T.Hojiakbar, Oltinsoy tumani Halqabod mahallasida joylaşgan fermer xöjaligi dala maydonidan tijorat binosi quriş uçun 80 sotix yer maydonini olib berişini aytib, undan pul olganini ma'lum qilgan.

Oltinsoy tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan ötkazilgan dastlabki suriştiruvda, T.Hojiakbar 80 sotix yerni Ş.Jahongirga 21 million söm pul evaziga «Elektron savdo» orqali olib berişini aytib, undan uşbu pullarini olib, öz ehtiyojlariga işlatib yuborgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, joriy yil 24 iyul kuni Oltinsoy tumani IIB tergov bölimi tomonidan T.Hojiakbarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.