Surxondaryo viloyati Denov tumanida fermer xöjaligi yer maydonini sotgan fuqaroga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro K.S. turmuş örtoği rahbarligidagi «A.» fermer xöjaligi balansida bölgan yer maydonining 5 sotixini firibgarlik yöli bilan sotişni rejalaştirgani aniqlangan. U, fuqaro S.ni tanişlari orqali yer maydoni hujjatlarini rasmiylaştirib berişga işontirib, uning 5 500 AQŞ dollari va 16 million söm pulini qölga kiritgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan K.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.