Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Qöyliq dehqon bozoridagi qişloq xöjaligi mahsulotlari va Çorsu bozoridagi göşt mahsulotlarining ulgurji narxlarini e'lon qilib boriş amaliyotini yölga qöydi.
Vazirlik boşqarma boşliği Akrom Möminov Kun.uz'ga bergan intervyusida mazkur jarayonning muhim jihatlariga töxtaldi.
“Içki bozorda ötgan yili narxi arzon bölgan mahsulot bu yil qimmat bölayotgani yoki qimmati öta arzonligi köp kuzatilmoqda. Örganişlar natijasida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarda yetarli ma'lumotlar bazasi mavjud emasligi uşbu muammoning boş omili ekani aniqlandi.
Mazkur masalaga yeçim topiş maqsadida, fermerlar va dehqon xöjaliklariga ayni paytda respublikamiz içki bozorida şakllanayotgan narxlar töğrisida ma'lumot beriş tizimini yölga qöydik”, – deydi vazirlik vakili.
Ma'lum qilinişiça, uşbu amaliyot bozordagi ulgurji narxlar balansini me'yorga keltiriş va boşqa bir neça örinlarda yaxşi samara beradi.
“Mazkur amaliyot natijasida fermer yoki dehqon xöjaligi dalaning özida turgan, öz mahsulotini sotiş böyiça şartnoma tuzayotgan paytda qölida hozirgi narxlar böladi.
Şuningdek, doimiy ravişda narxni kuzatib borgaç, muayyan ma'lumotlar bazasiga ega bölamiz. Bu narxlar tartibi doimiy ravişda bazada saqlanadi. Qaçonki, fermer yoki dehqon xöjaligi xohlasa, öşa davrdagi narxni köriş imkoniyatiga ega böladi.
Qolaversa, mazkur jarayon respublikada oziq-ovqat va narxlar barqarorligini ta'minlaş imkonini beradi”, – deydi Akrom Möminov.

Uning aytişiça, jarayon davomida narxlar har kuni e'lon qilib boriladi. Haftaning juma kuni esa narxlar dinamikasi böyiça tahliliy materiallar çop etiladi.
Qayd etilişiça, Qöyliq dehqon bozoridagi 27 turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari, xususan, meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlarning ulgurji narxlari örganiladi va e'lon qilib boriladi.




















