Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tajribasiz haydovchi sodir etgan YTHda uchta mashina to‘qnashib ketdi. Bir kishi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tajribasiz haydovchi sodir etgan yo‘l-transport hodisasida uchta mashina o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda ikkita mashina ag‘darilib ketgan va bir kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 29 iyul kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-103 avtomobil yo‘lining Sherobod tumani Dehqonariq mahallasi hududidan o‘tgan 17-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Haydovchilik guvohnomasini olganiga endi bir yil bo‘lgan, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro «Kobalt» mashinasini boshqarib kelayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada, avval ro‘paradan o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan «Neksiya» mashinasiga, so‘ng «Damas»ga urilgan.

To‘qnashuv tufayli «Kobalt» va «Damas» ag‘darilib ketgan. Oqibatda «Damas» mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 68 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda, 23 yoshli haydovchi mashina haydash huquqini beradigan guvohnomani bir yil avval olgani aniqlangan.
Mavzuga oid
12:41
Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi
01:01 / 16.11.2025
Surxondaryodagi 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishi aniqlandi
20:18 / 08.11.2025
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
11:03 / 05.11.2025