Kun.uz saytida “E-jarima'ning “otasi” kim?” nomli maqola elon qilinganidan söng unda tilga olingan taşkilotlar maqolaga munosabat bildirdi.
AKT vazirligi portalga aloqasi yöqligini takroran bildirdi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi axborot xizmati rahbari Şerzod Ahmadovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 iyundagi 407-sonli hamda 2021 yil 8 iyuldagi 431-sonli qarori bilan Içki işlar vazirligi ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisida yagona elektron ish yurituv tizimini taşkil etiş, uning sifatli va uzluksiz faoliyat körsatişini ta'minlaş, şuningdek, ma'muriy bayonnoma tuzişda, ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişda vakolatli davlat organlarining tizimdan samarali foydalanişlarini ta'minlaş böyiça mas'ul organ etib belgilangan.
IIV eJarima'ni yuritişda mas'ul ekanini tan oldi
Içki işlar vazirligi ham maqola yuzasidan munosabat bildirdi. Unda keltirilgan fikrlar IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosovning izohini rad qilmoqda. Ya'ni platforma bilan boğliq muammo böyiça boşqa idora emas, aynan vazirlikning özi mas'ul hisoblanişi oydinlaşdi.
Ma'lum qilinişiça, 2020 yil 5 oktyabrdagi PF–6079-sonli prezident farmoni, hukumatning 2020 yil 24 iyundagi 407-sonli hamda 2021 yil 8 iyuldagi 431-sonli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi yagona elektron ish yurituv doirasidagi “E-ma’muriy ish” tizimi yaratilib, eJarima.uz sayti va telegram botini uşbu tizimga integratsiya qiliş işlari olib borilmoqda.
Qöşimça qilinişiça, integratsiya jarayonini joriy yilning 1 avgustiga qadar yakunlaş rejalaştirilgan. Şundan söng, eJarima.uz veb-sayti hamda eJarima.uz rasmiy telegram-boti işga tuşirilişi va şu bilan birga, 1 avgustdan boşlab SMS-xabarnoma yoki “Özbekiston poçtasi” AJ orqali xabardor qiliş mexanizmi yölga qöyilmoqda.












