Bir neça oydan buyon ejarima.uz sayti noma'lum sabablarga köra faoliyat yuritmayapti. Buning natijasida fuqarolar ma'muriy jarimalarni tölaşda muammoga duç kelmoqda.
Dastlab saytning jarima tölaş bölimiga kirilganda, “Xizmat vaqtinça iş faoliyatida emas” degan yozuv turdi. Keyinçalik esa şu ham köp körildi şekilli, sayt umuman işlamay qoldi.

Bizga ma'lum bölgan ikki holatda ham nosozliklar öz isbotini topmoqda.
Birinçi holatda, fuqaro 2021 yil 2 may kuni Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida tibbiy niqobsiz yurgani uçun unga nisbatan içki işlar xodimi tomonidan MJtK 54-moddasi bilan bayonnoma tuzilib, ma'muriy jarima qöllanadi.
Jarimaga tortilayotgan vaqtida fuqaro jarima tölaşda muammolar borligini bilgani uçun, har ehtimolga qarşi öşa yerning özida içki işlar xodimining planşetidan bayonnoma raqamini rasmga tuşirib olgan.

Kutilganidek, fuqaroning telefoniga jarima haqida SMS kelmagan.
SMS'dan umidini uzib, telefonda olingan suratdan bayonnoma raqamini körib olib, uni Click tölov tizimiga kiritganida: “Bunday bayonnoma yöq” degan bir xil javob çiqavergan. Payme, Apelsin ilovalarida ham xuddi şunday holat kuzatilgan.
Bundan taşqari, jarimaga tortilgani töğrisida fuqaroning uyiga xat ham bormagan.
Yuqoridagi holatlar natijasida fuqaro jarimani ertaroq tölab, 30 foizlik çegirma oliş huquqidan foydalanolmay qolgan. U nafaqat imtiyozli 15 kunni ötkazib yuborgan, balki 2,5 oydan oşiq vaqt mobaynida jarimani tölolmay kelmoqda.
Yana bir şunga öxşaş holat: Kun.uz'ga murojaat qilgan haydovçi şu yil 27 iyun kuni YPX xodimlari töxtatgani va tölanmagan jarimasi borligini ma'lum qilişganini aytadi. Ta'kidlaşiça, unga 2020 yil 30 may kuni (1 yil-u 1 oy muqaddam) tezlikni oşirgani böyiça ma'muriy bayonnoma tuzilgan bölgan. Ammo bu haqda na uning uyiga xat kelgan va na telefon raqamiga SMS. Xullas, fuqaro huquqbuzarlik sodir etganidan özi bexabar.
“Bor otangga, bor onangga”












