AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Şahlo Turdiqulova homilador va emizikli ayollar nima uçun emlanmayotganini tuşuntirdi.
«Buning asosiy sababi – koronavirusga qarşi vaksinalarning klinik sinovlari homilador va emizikli ayollarda ötkazilmagan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti talabiga köra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida ötkazilgan bölsa, vaksinalar ham öşa qatlam orasida qilinişi lozim.
Bundan taşqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, özimizda ham emizikli ayollarni emlaş böyiça örganişlar olib borilmoqda. Masalan, sutemizuvçi hayvon – sigirlarda vaksinalar sinovdan ötkazildi, hozirça heç qanday nojöya ta'sir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanaçalar topildi. Bu – emizuvçilar emlangan taqdirda, kasallikka qarşi immunitet uning bolasiga ham ötadi degani.
Öylaymanki, keyingi bosqiç sinovlarda emizikli ayollarga ham qöllaş mumkin. Hozirgaça bölgan tadqiqotlar nojöya ta'siri yöq ekanini körsatmoqda», dedi mutaxassis.

















