Olima bu yilgi saylovlarda MDH va Markaziy Osiyodan yagona vakil böldi. Özbekiston tarixida bu nufuzli Akademiyaga saylangan yettinçi akademik olim sifatida e’tirof etildi.
Butunjahon fanlar akademiyasi prezidenti, professor Quarrayşa Abdul Karim Şahlo Turdiqulovani tabriklab, uni diplom topşiriş marosimiga taklif qildi.
Ötgan saylovda jami 74 nafar olimlar (50 nafar erkak va 24 nafar ayol) saylanib, TWAS akademiklarining umumiy soni 1444 nafarga yetdi. Akademiklikka diplom topşiriş marosimi 2025 yil boşida Italiyaning Triyest şahridagi Akademiya boş qarorgohida bölib ötişi rejalaştirilgan.
Şahlo Turdiqulova COVID-19'ga qarşi Özbekiston-Xitoy vaksinasining hammuallifi, Özbekistonda naşrlar soni böyiça eng yuqori impakt-faktorga ega, şuningdek, Nature jurnalida maqolalari uç marta çop etilgan mamlakatdagi yagona olimadir. U 2024 yil aprel oyida Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti etib tayinlandi va taşkilotning 80 yillik tarixida uşbu lavozimni egallagan birinçi ayol böldi. Olima şuningdek, Ilğor texnologiyalar markazi qoşidagi inson genetikasi va biotexnologiyalari ilmiy maktabining asosçisi va rahbari hisoblanadi.

















