Qönğirot tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi tayanç punktlarining profilaktika inspektori, kapitan Q.Ernazarovga şu tumanda yaşovçi K.A. pora taklif qilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV axborot xizmatining ma'lum qilişiça, u sodir etgan huquqbuzarligi böyiça öziga nisbatan töplanayotgan hujjatlarni sudga yubormasdan bosti-bosti qiliş evaziga 2 million söm pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan profilaktika inspektori Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Unga asosan, 28 iyul kuni Qönğirot tumani maxsus prokuraturasi, hamda Departamentning Qönğirot tumani bölimi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Jarayonda profilaktika inspektorining xizmat xonasida K.A. pora tariqasida taklif qilgan 2 million söm pullarning 1 250 000 sömini bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Qönğirotda IIB xodimiga 1 million söm pora taklif qilgan şaxs qölga olindi. Avvalroq esa Qönğirotda jazoni ötayotgan mahkum Koloniya boşliği örinbosariga pora bermoqçi bölgandi.
















