Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘ng‘irotda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
Qo‘ng‘irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektori, katta leytenant M.Jumaniyazovga Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi fuqaro M.M. o‘ziga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi bo‘yicha hujjatlarni sudga yubormasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 1 million so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan profilaktika inspektori katta leytenant M.Jumaniyazov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Unga asosan mas'ul tashkilot xodimlari 3 iyul kuni tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda M.M., katta leytenant M.Jumaniyazovning xizmat xonasida 930.000 (to‘qqiz yuz o‘ttiz ming) so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Nukusdagi «Progress» maktabi va tez tibbiy yordam markaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlangandi.
Mavzuga oid
08:22
Davlat zaxirasidagi yerni va’da qilib, 600 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
08:19 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida mansabdor 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi
15:07 / 27.01.2026