UzbekLife’ning Yaponiyadagi kolumnisti Jörabek Hasanov Tokiodagi Olimpiya şaharçasiga taşrif buyurdi va musobaqada bronza medalini qölga kiritgan dzyudoçi hamyurtimiz Davlat Bobonov bilan eksklyuziv suhbat uyuştirdi.
Tokio Olimpiadasi men uçun ilk olimpiada böldi
Tokio-2020 Olimpiadasi hayotimdagi ilk olimpiada hisoblanadi. Tokio olimpiadasiga yöllanmani qölga kiritiş uçun Osiyo, jahon çempionatlarida va boşqa bir qator yirik musobaqalarda qatnaşgandim. Ammo Olimpiadada qatnaşiş, undagi atmosfera boşqa turnirlardan umuman farq qilişiga guvoh böldim. Bu yerda bosim, mas'uliyat boşqa turnirlarga nisbatan birmunça ulkan bölişini his qildim.
Bilasizki, Yaponiya dzyudo vatani hisoblanadi. Bu yilgi olimpiada öyinlarining Yaponiyada bölişi va dzyudo vatani bölgan mamlakatda dzyudo böyiça medal egasi bölişim xursandligimni birmunça oşirdi.
Yaponiya öziga xos madaniyatga ega ekanligiga yana bir bor amin böldim
Boşqa musobaqalarda qatnaşiş uçun avval ham Yaponiyada bölganman. Bu yilgi Olimpiada sabab yana bir bor Yaponiyaga keliş nasib qildi. Har safar kelganimda yaponlarning madaniyatiga, bir-biriga bölgan hurmatiga, şaharlar ozodaligiga qoyil qolganman. Hozir bu olimpiya şaharçasida ekanman, bunga yana bir karra amin böldim.
Vatanim, xalqimning qöllab-quvvatlaşi asosiy rol öynadi
Olimpiada musobaqalari start olişidan oldin bizning maqsadimiz, eng kamida, medal oliş edi. Qur'a taşlangandan keyin raqiblarimiz kimligini bilib oldik. Ularning ba'zilari menga notaniş emas edi. Ular bilan avval iştirok etgan musobaqalarda töqnaşgan edim.
Bronza medal uçun keçgan jangda Vatanim, xalqimning qöllab-quvvatlaşini uzoqdan bölsa-da his qildim. Tribunadagi hamyurtlarimning hayqiriqlari esa meni uşbu jangda ğalaba qozonişga undagan asosiy omillardan biri böldi, deb bemalol ayta olaman.
Oila a'zolarimning quvonçini körib közimga yoş keldi
Ğolib çiqqanimni televizorda kuzatib turgan oila a'zolarimning videosini körib, töğrisi, közimga yoş keldi. Ular bilan telefon orqali gaplaşganimda ham aytişdiki, jangni butun mahalla kuzatişgan, uyimiz qöni-qöşnilarga tölib ketgan. Şunda angladimki, Olimpiadada qatnaşadigan sportçi ortida butun xalq turgan böladi. Har bir sportçi buni his qilgan holda musobaqada qatnaşadi.
















