Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan mobil ilova ishga tushirildi
“Toshkent transporti" mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi.
Yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘lgan holda, manzilga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.
Shuningdek, yagona transport kartalarini sotish shoxobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish, shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda A nuqtadan B nuqtaga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lish mumkin.
Mavzuga oid
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
18:00 / 10.07.2026
Onlayn qimor va raqamli qaramlikdan himoya: 200 ming dollarlik “Tikoncha” ilovasi o‘smirlarni virtual tuzoqdan qanday asraydi?
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026