- Serbiyaga köçib kelganimizga unça köp bölmadi. Aniqroği 2 oy. Hozir poytaxt Belgradda kurer sifatida işlab kelyapman, deydi Şohrux Qodirov.

Birlaşgan Arab Amirligi

Serbiyaga kelişdan oldin Dubayda bir yil işladim. Birlaşgan Arab Amirliklaridan bu yerga kelişimga bir neçta sabablar bor. Birinçi örinda dunyo kezişga bölgan iştiyoq, garçi Serbiya Yevropa Ittifoqiga kirmasa ham Yevropada joylaşgan. Bu orqali qolgan qit'a davlatlariga oson boriş imkoni mavjud. Nasib qilsa, işdan ta'til vaqtlari albatta, yana bir neçta qöşni davlatlarga sayohat qilib keliş niyatidaman.

Ikkinçi sabab aynan Serbiyaning özi. Bu bizning xalqimiz uçun ançagina notaniş davlat. Ya'ni özbekistonliklar Serbiya haqida köp ham bilişavermaydi. Şaxsan özim ham oldin bu davlat haqida deyarli ma'lumotga ega bölmaganman. Umuman Serbiyada yaşaş va işlaş men uçun juda qiziq tuyildi.

Hozirgaça Serbiya haqida taassurotlarim yaxşi. Serblar juda oçiqköngil, yordamga har doim tayyor, mehribon xalq ekan. Poytaxt Belgrad özining 100 yil oldin qurilgan binolarini qanday bölsa, şunday saqlab qolgan.