Statqo‘mga ko‘ra, bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan. Eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga, ya'ni qariyb 5,3 baravarga oshgan.

O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 11,8 ming tonna;
  • Rossiya – 6,3 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 2,9 ming tonna;
  • Belarus – 527,0 tonna;
  • Latviya – 524,0 tonna;
  • Ukraina – 484,2 tonna;
  • Germaniya – 131,2 tonna;
  • Moldova – 59,5 tonna.