Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda chaqalog‘ini 2,5 ming dollarga sotgan olti karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan sportchi qiz qamaldi
Samarqand viloyatida 25 yoshli, olti karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan sportchi qiz 4 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Sudda qizning jinoyati isbotlanib, u tegishli jazosini olgan. Bu haqda Oliy sudning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, o‘zi shug‘ullangan sport turi bo‘yicha 6 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan qiz mashg‘ulotlarda birga shug‘ullanadigan yigit bilan ishqiy munosabat natijasida bolali bo‘lgan. U dugonasi yordamida 4 kunlik chaqalog‘i evaziga 2,5 ming dollar pulni olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi Jonibek Raupov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida qizga hukm o‘qilgan. Sud majlisida ishtirok etgan prokuror qizni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topish va unga 57-moddasini (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda 6 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni so‘ragan.
Sudya sportchi qizni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topib, unga 57-moddasini qo‘llagan holda 4,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Qiz sud zalidan qamoqqa olingan.
Mavzuga oid
15:09 / 04.04.2026
Samarqand viloyatida portlash xavfining oldi olindi
12:57 / 04.04.2026
Toshkentda yer sotuvi ortidagi firibgarlik sxemasi ochildi
19:38 / 18.03.2026
Samarqand viloyatining 4 ta tumanida jamoat yaylovlari tashkil etiladi
14:31 / 13.03.2026