UzbekLife xorijda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz Janubiy Koreyaning Kyonsang universiteti doktoranti Dilfuza Guzarova.

Suhbatimiz vatandoşimizning Koreyadagi hayoti, oilasi, karerasi haqida keçdi.

GKS dasturining stipendiya ğolibi bölganman

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida öqiganimda örganiş uçun ikkinçi til sifatida koreys tilini tanladim. Universitetimiz va koreys universitetlari örtasidagi talaba almaşinuv dasturida ham ğolib böldim va bir yil Koreyada ta'lim olib keldim.

Öqişni tugatgaç, Koreyadagi eng nufuzli GKS (Global Korea Scholarship) dasturi stipendiyasini yutib, Koreyada magistraturada öqiş imkoniyatini qölga kiritdim. Uşbu stipendiya dasturiga köra ğoliblarga öqiş xarajatlari töliq qoplab beriladi. Bundan taşqari, yaşaş xarajatlari uçun 1 mln von (taxminan 1000 AQŞ dollar) miqdorida stipendiya beriladi. Agar koreys tilini biliş darajasi TOPIS 5-6 bölsa, yana qöşimça 100 ming von (taxminan 100 AQŞ dollar) stipendiya beriladi. Suğurta puli universitet tomonidan qoplanadi va tadqiqot ötkaziş va bir qator xarajatlar uçun ham har semestrda 200 dollardan pul ajratiladi. Diplom yoziş bilan boğliq xarajatlar uçun esa 500 dollardan 800 AQŞ dollargaça pul beriladi. Grantni muvaffaqqiyatli tamomlagan talabalar uçun mamlakatiga qaytiş çiptasi va turli sovğalar, şuningdek, 100 AQŞ dollari pul sovğa tariqasida taqdim etiladi.

Baholar 90 dan yuqori bölişi kerak

Men ikki yillik magistraturani muvaffaqiyatli bitirib, doktoranturada ham uşbu universitetda öqiyapman. Bu yerda talaba koreys tilidan yetarli bilimga ega bölmasa, 1 yil til kurslarida koreys tilini örganişiga töğri keladi. Men stipendiya yutganimda TOPIS 5 darajam bölgani sababli töğridan töğri magistraturada öqişni boşlaganman. Magistraturaga öqiş uçun keliş xarajatlari ham uşbu grant tomonidan qoplangan. Aynan şu stipendiya böyiça PhD öqiş uçun magistraturadagi baholar 90 dan yuqori bölişi talab qilinadi.