Odatdagidek elitalar orasida Fransiya chempionati ushbu haftada birinchilardan bo‘lib start olsa, keyingi haftalardan barcha intiqlik bilan kutayotgan Angliya, Ispaniya, Germaniya va Italiyada chempionat bahslari boshlanadi.
Fransiya chempionati: Superkubokda «Lill» «PSJ»dan ustun keldi, chempionat 6 avgustdan start oladi
Fransiya chempionati startidan bir hafta avval o‘tkazilgan Superkubok bahsida amaldagi chempion «Lill» «PSJ»ni mag‘lub etib, yangi mavsumda ham chempionlikni osonlik bilan topshirib qo‘ymoqchi emasligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Chempionat 1-tur o‘yinlari 6 avgust, juma kungi «Monako» - «Nant» bahsi bilan start oladi. «PSJ» va «Lion» shanba kuni o‘z o‘yinini o‘tkazsa, qolgan 7ta o‘yin, shu jumladan «Lill» ham yakshanba kuni maydonga tushadi.

Fransiya. 1-tur
6 avgust (juma)
23:55. Monako - Nant
7 avgust (shanba)
20:00. Lion - Brest
23:55. Trua - PSJ
8 avgust (yakshanba)
16:00. Renn - Lans
18:00. Bordo - Klermon
18:00. Nitssa - Reyms
18:00. Sent-Eten - Loryan
18:00. Strasbur - Anjye
20:00. Mets - Lill
23:45. Monpele - Marsel
Angliya: Superkubok 7 avgust kuni o‘tadi, APL 13 avgustda boshlanadi
Tumanli Albionda yangi futbol mavsumi odatdagidek Superkubok bahsi bilan boshlanadi. 7 avgust, shanba kuni amaldagi chempion «Manchester Siti» «Uembli»da Angliya kubogi sohibi «Lester»ga qarshi saf tortadi.

Angliya Superkubogi.
7 avgust (shanba)



















