Bu yerda Livan bölgan: Bayrut portidagi portlaşdan bir yil ötib mamlakatdagi ahvol qanday körinişda?
|04:26 / 05.08.202140 38210 min
Livan avvaldan inqirozda edi, halokat esa uning ğarib iqtisodiyotini amalda butunlay yakson qildi.
Bir yil muqaddam, 2020 yilning 4 avgustida Bayrut portida ulkan portlaş sodir bölgan va bu insoniyat tarixidagi eng vayronkor sanoat halokatlaridan biri bölgandi. 2014 yilda Livan hukumati tomonidan hibsga olingan yuk kemasi bortidan portga tuşirilgan va egasiz qolib ketgan selitra kuçli portlaşni yuzaga keltirgan.
Portlaş şu qadar kuçli bölgandiki, seysmik stansiya buni 3,3 magnitudali zilzila sifatida qayd etdi, uning ovozi 250 kilometr masofada, Kiprda ham eşitildi. 200 kişi halok böldi, minglab kişilar oğir tan jarohati oldi. Livan poytaxti infratuzilmasi jiddiy zarar kördi, zarar kölami milliardlab dollarlarda hisoblanadi. Livan bu portlaşga qadar ham çuqur iqtisodiy inqirozda edi (Jahon banki bu inqirozni XIX asr örtalaridan buyon kuzatilgan eng jiddiy inqirozlar öntaligiga kiritgan) — ammo portdagi halokat vaziyatni yana bir neça marta oğirlaştirdi. Töxtovsiz qadrsizlangan milliy valutaga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olib bölmaydi, dorixonalarda dori-darmonlar, yonilği quyiş şoxobçalarida benzin, rozetkalarda tok yetişmovçiligi yuzaga kelgan. Qolaversa, portlaşdan keyin Livan amalda hukumatsiz yaşab kelmoqda. «Meduza» Yaqin Şarqning uşbu mamlakati sönggi bir yilni qanday ötkazganini ifodalovçi suratlarni jamladi.
Lorenzo Tugnoli / The Washington Post / World Press Photo / AP / Scanpix / LETA
Bayrut portining 2020 yil 4 avgustdagi portlaşdan keyingi körinişi. Port atrofidagi hududlar amalda butunlay yakson bölgan va şu vaqtga qadar tiklanmagan. Halokat oqibatlarini bartaraf etiş çoğida ham bir neça öt öçiruvçi halok bölgan.
Felipe Dana / AP Photo/ / Scanpix / LETA
Sursok saroyi intererlari — 1860 yilda qurilgan tarixiy bino hozirda muzeyga aylantirilgan. U port yaqinidagi Aşrafiye tumanida joylaşgan va portlaşdan juda jiddiy şikastlangan. 2020 yil 8 avgust.
Chris McGrath / Getty Images
Mavzuga oid
Halokat oqibatlarini bartaraf etiş amaliyoti iştirokçisi portlaşdan jiddiy şikastlangan avliyo Georgiy nomidagi gospitaldan turib Bayrut portini kuzatmoqda. Davlat xizmatçilari özi şaharni portlaş qoldiqlaridan tozalaşga qodir emasdi, şu sababli köp sonli köngillilar yordamga kelgan. 2020 yil 13 avgust.
Marwan Tahtah / Getty Images
Bayrutdagi uy devoriga ilingan soat keçki 6dan ötganda töxtab qolgan, portdagi portlaş şu vaqt röy bergandi. 2020 yil 11 avgust.
Patrick Baz / AFP / Scanpix / LETA
Bayrut portidagi portlaşdan keyin buğdoy omborxonasi qoldiqlari. Portlaşga qadar port mamlakat importining 60 foizlik hajmini qabul qilardi, mamlakatdagi barça sohalar xorijdan olib kelinadigan mahsulotlarga boğlangan, buğdoy omborxonasida esa mamlakat don zaxiralarining 85 foizi saqlanardi. Uning vayron bölişi orqali Livanda oziq-ovqat yetişmovçiligi boşlandi. Port esa bugungi kunda ham suratdagi holatida qolmoqda. 2021 yil 14 iyul.
Hannah McKay / Reuters / Scanpix / LETA
Portlaşdan yarim yil ötgandan keyin ham Bayrut porti ayançli körinişda qolayotgandi. 2021 yil 13 yanvar.
Daniel Carde / ZUMA / Scanpix / LETA
Rassom Bredi Blekning Bayrutdagi bino devoriga portdagi portlaşning noma'lum qurbonlari şarafiga çizgan işi. Qurbonlarning köp qismi boşqa mamlakatlardan kelgan qoçqinlar va muhojirlar bölgan. Ayrimlarning şaxsi hozirgaça noma'lum bölib qolmoqda, portlaş vaqtida jarohatlanib mayib bölib qolganlar esa hukumatdan heç qanday yordam olmagan. 2021 yil 4 may.
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA
Portlaş qurboni suratini kötargan ayol sudya Fadi Savanning portlaş sabablari böyiça tergovdan çetlaştirilişiga qarşi piket ötkazmoqda. Livan kassatsiya sudi 2021 yil fevralida Savanni iste'foga çiqqan hukumatning ikki vaziri (sudya ularni harakatsizlikda ayblagan) şikoyati asosida işdan çetlatgandi. 2021 yil 19 fevral.
Hasan Shaaban / Bloomberg / Getty Images
Non narxi oşişiga qarşi mitingdagi namoyişçi. Mamlakatda giperinflatsiya, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi esa, hukumat subsidiya qilganiga qaramay ikki barobar oşib ketgan. 2021 yil 2 mart.
Dylan Collins / AFP / Scanpix / LETA
Bekaa vodiysi aholisi gaşiş tayyorlamoqda. Bekaa — mamlakat şarqidagi qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan region. Livan milliy valutasi bir yilda ön barobar qadrsizlandi, yonilği, uruğ va öğit portlaşga qadar ham import qilinardi va faqat xorijiy valutaga sotib oliş mumkin edi. Natijada livanlik dehqonlar köproq daromad keltiradigan kannabis yetiştirişga ötişdi. 2021 yil 29 mart.
Hassan Ammar / AP / Scanpix / LETA
Bayrut köçalaridagi bolalar çiqindi titişmoqda. Portlaşga qadar Livan aholisining törtdan bir qismini Falastin, Suriya va Iroqdan kelgan qoçqinlar taşkil etardi. Portlaşdan söng livanliklarning 300 mingdan ortiği uysiz qoldi. BBC reportajida aytilişiça, köplab livanliklar yaşaşga joyi yöqligidan qoçqinlar uçun möljallangan lagerlarga köçib ötişga majbur bölgan. 2021 yil 12 aprel.
Diego Ibarra Sanchez / Getty Images
Livanning sobiq boş vaziri Rafiq Haririy nomidagi Bayrut universiteti gospitalining intensiv terapiya bölimida hamşira ibodat qilmoqda. Mamlakatda dori-darmon va tibbiy maqsadlardagi mahsulotlarning ötkir taqçilligi yuzaga kelgan, bu koronavirus pandemiyasi davrida ayniqsa bilinmoqda. 2021 yil 15 yanvar.
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA
Bayrutdagi bankomat. Portlaşga qadar ham Livan oğir iqtisodiy vaziyatda edi, banklar likvidlik defitsiti şaroitida edi. Milliy valuta, livan funti, AQŞ dollariga fiksatsiyalangan kurs bilan boğlangan — ammo dollarni funtga almaştiriş imkonsiz, qora bozordagi kurs esa doimiy ravişda ösib boradi. Köplab banklar şunçaki naqd pul berişni töxtatgan va öz bölimlarini yopib qöygan. 2021 yil 17 mart.
Anwar Amro / AFP / Scanpix / LETA
Bayrutdagi yoqilği quyiş şoxobçasida navbatda turgan avtomobillar. Yonilği taqçilligi ham yuqori darajada. 2021 yil 11 iyun.
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA
Livanlik talabalar öqiş uçun narxlar oşişiga qarşi namoyiş qilmoqda. Dekabrgaça narxlar rasmiy kursga boğlangandi (bir AQŞ dollariga 1500 funt), ammo ayrim universitetlar milliy valuta keskin qadrsizlangani munosabati bilan öz narxnomalarini qayta körib çiqdi. Bu esa amalda öqiş narxlari ikki barobardan köproq oşişiga olib keldi, natijada oliy ta'lim oliş köplab talabalar uçun yetib bölmas haşamatga aylanib qoldi. Namoyişçilar politsiya tomonidan şafqatsizlik bilan tarqatilgan. 2020 yil 29 dekabr.
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA
Politsiya içki işlar vaziri vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan Muhammad Fahmining qarorgohi oldida yiğilgan namoyişçilarga közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllamoqda. Fahmi işlagan hukumat portlaşdan keyin iste'foga çiqqan, ammo şu vaqtgaça yangi hukumat şakllantirilmadi, şu tufayli avvalgi vazirlar öz lavozimida qolişda davom etişdi. Fahmi portdagi portlaş böyiça işdagi katta tergovçiga mamlakat milliy xavfsizlik xizmati rahbari Abbos Ibrohimni söroq qilişni taqiqlagan. Şu vaqtga qadar Livandagi birorta yuqori martabali amaldor uşbu iş böyiça javobgarlikka tortilmadi. 2021 yil 13 iyul.
Daniel Carde / ZUMA / Scanpix / LETA
Baliqçilar Bayrut bandargohidan Kabutar qoyasi orqali oçiq dengizga baliq ovlagani çiqişmoqda. Inqirozgaça ular bir kilogramm baliq uçun 10 ming funt olişardi (u vaqtda bir dollar ming funt turardi). Hozirda esa bir kilogramm baliq uçun 25 ming funt olişadi — ammo qora bozorda bir dollar kamida 18 ming funt turadi. Qolaversa, endi ular qayiqlarini ta'mirlaş uçun kerakli ehtiyot qismlarga ega emas, stansiyalarda ham yonilği yöq. 2021 yil 26 iyun.
Dylan Collins / AFP / Scanpix / LETA
Butun Bayrut böylab yana bir bor tok öçib qolgan — hatto milliy energetik kompaniya Electricite du Liban (oldingi plan) ştab-kvartirasida ham. Mamlakat budjetida elektrostansiyalar uçun xorijdan yoqilği sotib olişga mablağ yöq, xorijiy donorlar esa Livan hukumati korrupsiyaga qarşi keng kölamli islohotlar boşlamagunça, moliyaviy yordam ajratmasligini bildirgan. 2021 yil 3 aprel.
Anwar Amro / AFP / Scanpix / LETA
Bayrutda yaşovçi kişi şam yoruğida çekmoqda. 2021 yil iyulida mamlakatning eng yirik elektrostansiyasi yoqilği sotib olişga mablağ topilmagani tufayli bir neça kun işlamay qoldi. 2021 yil 10 iyul.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi