2021 yil 15 avgustdan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari auditorlarning jamoat birlaşmalariga ötkazilmoqda:

  • auditorning malaka sertifikatini oliş uçun malaka imtihonlarini ötkaziş;
  • auditorning malaka sertifikatini beriş, qayta rasmiylaştiriş, uning amal qiliş muddatini uzaytiriş va uning amal qilişini tugatiş;
  • auditorlarning malakasini oşiriş dasturlarini tasdiqlaş.

Malaka imtihonlarini ötkaziş reglamenti auditorlarning jamoat birlaşmalari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.

2022 yil 1 avgustdan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toşkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalari) bakalavriat ta'limi yönalişlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari böyiça auditning xalqaro standartlarini çuqur örganişni nazarda tutuvçi yangilangan öquv dasturlari ta'lim jarayoniga joriy etiladi.

2021 yil oxirigaça “Huquq” va “Soliqqa tortiş” yönalişlari böyiça natijalari buxgalterlarni xalqaro sertifikatlaş doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini ötkaziş tizimi joriy etiladi.