Misrda joylaşgan «Al-Azhar» majmuasi va uning tasarrufidagi ta'lim muassasalarida öqiş maqsadida murojaat qilgan fuqarolarning arizalari Din işlari böyiça qömita huzuridagi «Özbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olişiga kömaklaşiş böyiça Maslahat kengaşi» tomonidan örganib çiqildi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita matbuot xizmati xabar berdi.
Örganiş natijasiga köra, qömitaga murojaat qilgan jami 204 kişidan 203 nafariga tavsiya xati berilgan. 1 nafar fuqaroga 18 yoşga tölmagani sababli tavsiya xati beriş rad etilgan.
«Maslahat kengaşi huzuridagi Işçi guruhi tomonidan «Al-Azhar» majmuasi va uning tasarrufidagi ta'lim muassasalarida öqişga tavsiya etilgan fuqarolar röyxati qömitaning tavsiya xati asosida 2021 yil 30 iyul kuni «Al-Azhar» majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga hamda Misr Arab Respublikasining Toşkentdagi elçixonasiga yuborildi», deyiladi qömita bayonotida.
Şuningdek, «Al-Azhar» majmuasida öqişga tavsiya etilgan fuqarolar hujjatlarini rasmiylaştiriş maqsadida Misr Arab Respublikasining Toşkentdagi elçixonasiga murojaat qilişlari mumkinligi eslatib ötilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyun oyi örtalarida ijtimoiy tarmoqlarda Misrda ta'lim olayotgan Özbekiston fuqarolari va ularning farzandlarining vizalarini bekor qilib, ortga qaytariş boşlangani haqida ma'lumotlar tarqaldi.
Uşbu xabarlar tarqalişi fonida, Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili Aliya Yunusova boşçiligidagi delegatsiya Misrda senator Muhammad Ahmad Abdusalom Haybat bilan uçraşib, u yerda ta'lim olayotgan özbekistonlik yoşlar, bolalar huquqlarini himoya qiliş, ularni diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy ta'siridan himoyalaş böyiça fikr almaşdi.
Şuningdek, Aliya Yunusova Qohirada istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolari bilan ham uçraşgan va ularga bolalar huquqlarini himoya qiliş, uşbu sohadagi qonunçilik böyiça tuşuntirişlar bergan.
Şundan söng, Din işlari böyiça qömita 2021 öquv yilidan boşlab “Al-Azhar” majmuasida ta'lim oliş yuzasidan murojaatlar qömita huzurida taşkil etilgan Özbekiston fuqarolarining xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olişiga kömaklaşiş böyiça Maslahat kengaşi tomonidan körib çiqilişi hamda öqişga qabul qiliş qömita tavsiyasi asosida amalga oşirilişini

















