Afina şimolidagi yonğinlar davomli anomal issiq sababli nazoratdan çiqib ketdi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilişiça, Votonas va Marafon şaharlari aholisiga evakuatsiyaga tayyorlaniş buyurilgan.

Öt öçiriş xizmatining ma'lumotiga köra, yonğinning asosiy öçoği turli yönalişlarga tarqalgan bir neçta frontga bölingan. 

Eviya orolida sohil qöriqlaş xizmati yuzlab odamlarni evakuatsiya qiliş böyiça keng kölamdagi operatsiyani amalga oşirdi.

Soğliqni saqlaş organlari vakillarining sözlariga köra, 12 kişi şifoxonaga yotqizilgan.

«Bir neça kunlik jazirama butun mamlakatni poroxli boçkaga aylantirdi. Vaziyat nazoratdan çiqib ketdi. Olovning balandligi 40 metrdan ortiq», — dedi Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis.

Mamlakat moliya vazirligi tabiiy ofat oqibatida mol-mulkidan ayrilganlarga 6000 yevrogaça kompensatsiya tölanişini ma'lum qildi.