Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ukraina sharqida tinchlik bo‘lishi 90 foiz bir kishiga bog‘liq» - Vladimir Zelenskiy
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Donbassning qaytarilishi va Ukraina sharqida tinchlik bo‘lishi 90 foiz Putinga bog‘liq.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina sharqidagi vaziyat taqdiri butunlay Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bog‘liqligini aytib, uni bu masalada «siyosiy va insoniy iroda» ko‘rsatishga chaqirdi.
Zelenskiy bir yil ichida mamlakat sharqidagi urushni tugatishga oid saylovoldi va'dalari haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
«Albatta, buni juda xohlayman va hamma narsani qilaman. Ammo afsuski, hamma narsa menga bog‘liq emas. Men buni mutlaqo yashirmayman, Donbassning qaytarilishi va Ukrainada tinchlik bo‘lishi 90 foiz bir kishiga bog‘liq. Siz aniq bilishingiz kerakki, u shu bilan yashaydi», dedi Zelenskiy Putinning ismini tilga olmagan holda.
Zelenskiyning aytishicha, tan olishni istamasa-da, Rossiya Donbassdagi nizo tomonlaridan biridir. Shuningdek, u Donbassda yashagani holda o‘zini Rossiya fuqarosi deb hisoblaydiganlar Rossiyaga ko‘chib o‘tishi zarurligini ta'kidladi.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Rossiya tarixi Qrim borasidagi qadamlari va qarorlari uchun yig‘lashini aytib, bu ukrainlar va rossiyaliklar munosabati yomonlashishiga sabab bo‘lgan «ilk gugurt cho‘pi» ekaniga urg‘u bergandi.
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026