Britaniyalik milliarder Riçard Brensonga tegişli Virgin Galactic kompaniyasi fazoviy parvozlarga çiptalar sotişni boşladi. Kompaniyaning 2021 yil 2-çoragi uçun moliyaviy hisobotida çipta narxi 450 ming dollardan boşlanişi aytilgan.

Hisobotga köra, fazoga uçişni istovçilarga uç turdagi çipta taklif etiladi: bir örinli, juftliklar, oilalar va döstlar uçun köp örinli hamda reysdagi barça örinlarni sotib olişga imkon beruvçi paket. 

Kompaniya matbuot xizmatida Unity raketoplanida amalga oşiriladigan keyingi parvoz sentabr oxiriga belgilangani va unga barça çiptalarni Italiya harbiy-havo dengiz kuçlari sotib olgani ma'lum qilingan.

Unity uçoğida fazoviy parvozni birinçi bölib 11 iyulda Virgin Galactic asosçisi Riçard Brenson amalga oşirdi. U bilan birga fazoga astronavtlar Sirişa Bandla, Kilin Bennet va Bett Mozes yöl olgan, kemani esa uçuvçilar Deyv Makkay va Maykl Masuççi boşqargan. Ular 86 km balandlikka kötarilişgan. Bu parvoz tarixdagi ilk xususiy fazoviy parvoz bölgan.

Uşbu parvozdan bir neça kun ötib amerikalik milliarder, Amazon asosçisi Jyeff Bezos öziga tegişli Blue Origin kompaniyasi işlab çiqqan New Shepard kemasida 3 hamroh bilan birga Brenson ortidan fazoga uçdi. Kema 107 km balandlikka kötarilgan va bunda uning tezligi 3595 km/soatga yetgan. Parvoz 10 daqiqa 10 soniya davom etgan.