Tokio – 2020 Yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilishigacha bir necha kun qoldi, biroq O‘zbekiston terma jamoasi hali ham o‘z muxlislarini yengil atletika, erkin kurash, boks va eshkak eshish kabi sport turlarida yuqori natijalar bilan quvontirishga tayyor.
Shubhasiz, yosh yengil atletikachi Safina Sadullayeva O‘zbekiston muxlislari uchun kashfiyot bo‘ldi. Aynan u tunov kuni 1,95 m. balandlikni olib, kvalifikatsiya musobaqalaridan ishonch bilan o‘ta oldi va Yaroslava Maguchix, Nikola Makdermott, Mariya Lasitskene, Yuliya Levchenko kabi atoqli jahon sportchilari bilan bab-baravar finalga chiqdi.
«Balandlikka sakrash» raqiblik eng yuqori bo‘lgan sport turlarining o‘ntasiga kiradi. Bugungi kunda, dunyoning mutlaqo barcha 212 mamlakati Yengil atletika federatsiyalari Xalqaro Assotsiatsiyasining (WA) a'zolari bo‘lib, ular har yili xalqaro sahnaga yosh va iste'dodli sportchilarni taqdim etadi.

Bu orada, Safina Sadullayeva bilan bog‘liq holatning o‘ziga xosligi shundaki, u sportdagi o‘zining butun karerasi davomida katta sportga hali yo‘lini bosib o‘tgani yo‘q. Faoliyatini iste'dodli yunior sifatida boshlab (Doha shahrida (Qatar, 2015 y.) U18 yosh toifasidagi yigit va qizlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida oltin medal; Ashxobodda (Turkmaniston, 2017 y.) yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida kumush medal, Gusman Kosanov va Olga Rypakova nomidagi xalqaro turnirlarning g‘olibi), Safina Osiyo o‘yinlarining doirasidan chiqqani yo‘q, buning ustiga o‘zini oilasiga bag‘ishlash maqsadida bir yilga tanaffus ham oldi va yosh ona bo‘ldi.
Uning bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlaridagi birinchi ishtiroki sportchining karerasidagi yuqori pog‘onaga chiqish bo‘ldi va bunga O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi ham juda katta hissa qo‘shdi.
Safinaning irodali fe'l-atvori, qat'iy intizomi va Federatsiya tomonidan faol tarzda qo‘llab-quvvatlanishi unga qisqa muddat ichida jismoniy formaga kelish va amaldagi sportchilar – yengil atletikachilarning qatoriga qo‘shilish imkoniyatini berdi. Rahbariyat tomonidan yosh ona uchun maksimal darajada qulay sharoitni yaratish haqida qaror qabul qilindi. Safina sportchi sifatida, onalik ta'tilidan chiqqanidan so‘ng o‘z salohiyatini yo‘qotmasligi va o‘zining qiziga mehr-e'tiborini ulasha olishi uchun, Federatsiya sport yig‘ilishlari va Safinaning uzoq mashg‘ulotlari mobaynida, kichkintoy uchun to‘laqonli parvarishni ta'minlagan holda, bolaga hamrohlik qilish imkoniyatini nazarga oldi.















