08:47 / 07.08.2021
11556

So‘x tumanida sel kuzatildi

Joriy yil 6 avgust kuni soat 17:05larda Qirg‘iziston Respublikasi Batken oblasti Qadamjoy tumani tog‘ va adir hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘gan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida sel oqimlari hosil bo‘lib, Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Navobod” MFY hududidagi Malbut, Devayron-Umbara, Qalacha, Tul va Poloxona yo‘llaridan 30 m3 miqdoridagi sel oqimlari o‘tgan. 

Sel o‘tishi oqibatida So‘x tumani hududidan o‘tuvchi “So‘x-Rishton” avtoyo‘lining 80 metr qismiga loy aralash shag‘al, Malbut qishlog‘i xo‘jalik ekin maydonlariga hamda “Umbara” (15 ta xonadon) va “Devayron” MFY (25 ta xonadon) hududlaridagi jami 40 ta xo‘jalik tomorqalari, qo‘shimcha bino va uylarning yerto‘lalariga suv kirgan. 

Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida,  tuman hokimiyatida FVB, IIB, prokuratura organlari, SSB rahbariyati tarkibidan iborat Tezkor shtab tashkil etilib, FVDqTning tuman xizmatlari kuch va vositalari tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. 

Sel toshqinlari oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top